
Taekvondo WT. 2 nafar hamyurtimiz jahon chempionati sovrindoriga aylandi!
Taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi. Unda bahs olib borgan vakillarimiz Nikita Rafalovich (-87 kg) hamda Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Har ikki vakilimiz yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tishdi. Biroq final uchun kechgan bahslarda Rafalovich serbiyalik Mehdi Hodabaxshiga, Sodiqova esa gretsiyalik Teopoula Sarvanakiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Musobaqaning kelgusi kun bahslari ham terma jamoamiz uchun mana shunday omadli o‘tishini tilab qolamiz!
Erkaklar, -87 kg:
1-o‘rin Mehdi Xodabaxshi (Serbiya)
2-o‘rin Meng Minkuan (Xitoy)
3-o‘rin Nikita Rafalovich (O‘zbekiston)
3-o‘rin Bryan Salazar (Meksika)
Ayollar, -62 kg:
1-o‘rin Sara Shari (Belgiya)
2-o‘rin Teopula Sarvanaki (Gretsiya)
3-o‘rin Feruza Sodiqova (O‘zbekiston)
3-o‘rin Aliya Pauell (Buyuk Britaniya)
-67 kg:
1-o‘rin Leslie Soltero (Meksika)
2-o‘rin Aleksandra Perishich (Serbiya)
3-o‘rin Sesiliya Kastro (Ispaniya)
3-o‘rin Milena Titoneli (Braziliya)
Fikrlar