
Taekvondo WT. Bugun jahon chempionatida qaysi sportchilarimiz ishtirok etadi?
Bugun Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar -58 kg, ayollar -67 kg va -73 kg vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi. Ushbu toifalarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-58 kg: Amirxon To‘raev – Sergey Uskov (Moldova)
-67 kg: Ozoda Sobirjonova – Zeynab Ismoili (Eron)
-73 kg: Saodatbegim Alieva – Yanna Shnayder (Germaniya)
Fikrlar