Taekvondo WT. Bugun Nikita Rafalovich va yana 2 nafar vakilimiz jahon chempionatida ishtirok etadi

  • 15 noyabr, 2022, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Meksikada o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida bugun uch vazn toifasida bahslar o‘tkazilib, unda jahon chempionatlarining ikki karra finalchisi (2015, 2017) Nikita Rafalovich, Konya-2021 Islom birdamligi o‘yinlari chempioni Feruza Sodiqova hamda yana bir yosh iste’dodli sportchimiz Ozoda Sobirjonova ishtirok etishadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Vakillarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-87 kg: Nikita Rafalovich – Adrian Voytkovyak (Polsha)
-62 kg: Feruza Sodiqova – Anastasia Galazoula (Avstraliya) / Madinatu Sako (Niger)
-67 kg: Ozoda Sobirjonova – Boubachar Hassana (Niger) 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!