
Taekvondo WT. Namanganda xalqaro turnir o‘tkaziladi
Mamlakatimizda taekvondo WT sport turini yanada ommalashtirish, chekka hududlardan iqtidorli yoshlarni selektsiya qilish maqsadida bir qator xalqaro musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda. “Namangan open” ushbu musobaqalardan biri bo‘lib, xalqaro turnir bu yil uchinchi bor tashkil etiladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bellashuvlar 25-30 oktyabr kunlari “Pahlavon” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz vakillaridan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Pokistondan tashrif buyuradigan sportchilar bahs olib borishadi. Reglamentga ko‘ra, musobaqa o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida kechadi.
Fikrlar