Taekvondo WT: Osiyo chempionatining dastlabki kunida 3ta medal qo‘lga kiritildi

  • 25 avgust, 2022, 10:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Kecha, 24-avgust kuni Vetnam poytaxti Xoshimin shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Quvonarlisi dastlabki kunda uch nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi.

-37kg vazn toifasida hamyurtimiz Valeriya Xegay barcha raqibalarini taslim qildi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

-65kg vaznda Ahadjon Muxtorov musobaqada finalga qadar etib bordi va finalda imkoniyatni boy berib kumush medalni qo‘lga kiritdi.

-44kg vazn toifasida esa Mubina Babasaidova yarim final bosqichiga qadar etib bordi va bronza medali sohibasiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!