
Taekvondo WT. O‘zbekiston chempionatining dastlabki kungi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi
Qo‘qon shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida kyuryogi (jang) bahslarining birinchi kuni ortda qoldi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvlarda Osiyo o‘yinlari sovrindori Madinabonu Mannopova, Osiyo chempioni Jasur Jaysunov, Ozoda Sobirjonova kabi nomdor sportchilar o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozonishdi.
Batafsil:
-49 kg:
1. Madinabonu Mannopova
2. Zarnigor Husniddinova
3. Malika Umarova
3. Aynura Umrzakova
-62 kg:
1. Ozoda Sobirjonova
2. Dilbaroy Sobirova
3. Marjona Jamolova
3. Mubina Mamurjonova
-54 kg:
1. Omonjon Otajonov
2. Sanjarbek Saliev
3. Javohir Danabaev
3. Shuhrat Odilbekov
-74kg:
1. Jasur Jaysunov
2. Najmiddin Qosimxojiev
3. Shahboz Tusmatov
3. Madalimjon Tursunaliev
Manba: MOQ
Fikrlar