
Taekvondo WT. Terma jamoamiz katta tarkibda Turkiya yig‘iniga yo‘l oldi
Taekvondochilarimiz katta tarkibda Turkiya yig‘iniga yo‘l olishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Rejaga ko‘ra, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yilning ilk yig‘inini Antalya shahrida o‘tkazadi. Bugun terma jamoaning so‘nggi guruhi Turkiyaga yo‘l oldi.
Mezbon jamoa bilan tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga terma jamoamiz murabbiylar shtabi Ulug‘bek Rashitov, Nikita Rafalovich, Niyaz Pulatov, Svetlana Osipova, Feruza Sodiqova kabi asosiy va zaxira tarkibdagi 22 nafar sportchini jalb qilgan. Mashg‘ulotlar 31 yanvarga qadar davom etadi. Yig‘in doirasida hamyurtlarimiz “Antalya Open” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar