Taekvondo WT. Terma jamoamiz to‘liq tarkibda Osiyo chempionatiga jo‘nab ketdi

  • 12 may, 2024, 15:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 16-18 may kunlari Vetnamning Danang shahrida bo‘ladigan Osiyo chempionati to‘liq tarkibda jo‘nab ketdi.

Erkaklar:

-54 kg: Jahongir Xudoyberdiev
-63 kg: Amirbek To‘raev
-68 kg: Diyorbek To‘xliboev
-74 kg: Najmiddin Qosimxojiev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salaev
-87 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:
-46 kg: Zebiniso Hoshimjonova
-49 kg: Zarnigor Husniddinova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-73 kg: Gulsanam Alijonova
+73 kg: Iroda Mirtojieva
+73 kg: Svetlana Osipova

Qayd etish lozim, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bundan avval 2022 yil tashkil etilgan qit’a birinchiligida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga sazovor bo‘lib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!