Taekvondo WT. Terma jamoamizning Prezident kubogida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi

  • 7 noyabr, 2023, 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

9-10 noyabr kunlari Iordaniyada taekvondo WT bo‘yicha navbatdagi yirik turnir bo‘lib o‘tadi. Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti sovrini uchun tashkil etiladigan mazkur musobaqa G2 tasnifiga kirib, unda o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozongan sportchilar 20 reyting ochkosiga ega bo‘lishadi.

Tecno

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakat taekvondo assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, Iordaniya turnirida hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salaev
-87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!