
Taekvondo WT. Toshkentda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda
Toshkentda taekvondo WT bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Qozog‘iston va Tunis terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in ruhda kechmoqda. Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu yig‘inda qatnashayotgan barcha terma jamoalar o‘zlarining asosiy tarkib sportchilarini jalb etgan bo‘lib, ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilar ham bor.
Ushbu yig‘in joriy yilning 16-18 may kunlari Vetnamda o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Terma jamoamizning tajribali murabbiylari mashg‘ulotlar davomida sportchilarimizni yangi kombinatsiyalar bilan tayyorlab, ularning mahoratlarini yanada oshirishga harakat qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik taekvondochilar to‘liq tarkibda ishtirok etishadi. Frantsiya poytaxtida bo‘ladigan o‘yinlarga quyidagi taekvondochilarimiz litsenziya qo‘lga kiritgan:
Erkaklar
Ulug‘bek Rashitov -68 kg
Jasurbek Jaysunov -80 kg
Ayollar
Ozoda Sobirjonova -67 kg
Svetlana Osipova +67 kg
Baxtiyor Toshtemirov tayyorladi.
Fikrlar