Taekvondo WT. Ulug‘bek Rashitov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

  • 30 may, 2023, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bokuda start olgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi. Ilk kunning o‘zidayoq terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Tecno

-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan yurtdoshimiz final ostonasida koreyalik Xo-Jun Jinga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu Rashitov uchun faoliyatida jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!