
Taekvondochilarimiz “Gran Prix Roma 2019” da ishtirok etadi
Ertaga, Italiya poytaxti Rimda Taekvondo WTF bo‘yicha “Gran Prix Roma 2019” turniri start oladi. Mazkur musobaqada Tokio Olimpiadasi uchun muxim bo‘lgan litsenzion ochkolar beriladi. Qolaversa, o‘ziga xos mukofot jamg‘armasi ham bor bo‘lib, Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi 5000 AQSh dollarini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rinni zabt etgan atlet esa, 3000 AQSh dollari va nihoyat bronza medalini qo‘lga kiritsa, 1000 AQSh dollariga ega bo‘ladi. Ushbu turnirda hamyurtlarimizdan besh nafari ishtirok etadi.
-58 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: Maksim Rafalovich
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+67 kg: Svetlana Osipova
Fikrlar