
Taekvondochilarimiz Tailanddagi turnirda ishtirok etishadi
Dunyoning 15 dan ziyod mamlakat sportchilari ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini Ahror Asrorov boshqaruvidagi “Tornado” taekvondo klubi vakillari himoya etishadi.
Kuni kecha Bangkokka etib borgan yosh sportchilarimiz musobaqaga qadar u erda qo‘shma yig‘inlarda qatnashishlari rejalashtirilgan. Turnirda ishtirok etadigan tarkib esa quyidagicha ko‘rinish hosil qilgan.
Bolalar o‘rtasida
Azizjon Rahimov (-22 kg)
Adizbek Rustamov (-29 kg)
Shomurod Shomuhsinov (-29 kg)
O‘smirlar o‘rtasida
Shamsiddin Murodillaev (-51 kg)
Islom Abduvaliev (-65 kg)
Kattalar o‘rtasida
Nafosat Rahimjonova (-67 kg)
Murabbiylar
Ahror Asrorov
Shoxrux Temirov.
Fikrlar