
Taekvondochilarimizni katta sinov kutyapti
Qozog‘istonning Almati shahrida taekvondo WT bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir tashkillashtirilmoqda.
Ushbu musobaqada dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatlaridan kelgan yuz nafardan ortiq sportchilar qatorida o‘zbekistonlik taekvondochilar ham ishtirok etadi.
Xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini “Tarnado” klubining Ahror Asrorov murabbiyligidagi “Muhammadziyo” jamoasi va Abdurahmon Xo‘jabekov ustozligidagi “Grand Master” klubi vakillari himoya qiladi.
- Almatidagi xalqaro turnirga 9 oktyabr kuni start beriladi. Jamoaga eng iqtidorli va umidli sportchilarni jamlab olganmiz va turnirda yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz. Bunday musobaqalar sportchilarimizning xalqaro tajribalarini oshirishga katta yordam beradi. Shu bilan birga xorijiy safarlarga chiqish yosh sportchilarning ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi.
Shogirdlarimiz xalqaro turnir boshlangunga qadar mahalliy klublar bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda ishtirok etib, mahoratlarini oshiradilar, - dedi “Muhammadziyo” jamoasi bosh murabbiyi Ahror Asrorov.
O‘zbekiston taekvondochilari 11 oktyabr kuni Toshkentga qaytib keladi.
Fikrlar