Tailand Maldiv ustidan g‘alaba qozonib, imkoniyatlarini yaxshilab olgan o‘yindan fotogalereya

  • 8 iyun, 2022, 19:37
  • 0
  • Futbol

Osiyo kubogi saralashi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Tailand - Maldiv orollari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mezbonlar 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, Sarach Yuney 41-daqiqada hisobni ochdi. Terasil Dangda birinchi bo‘lim so‘nggiga yaqin oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 80-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Pansa Xemvibun hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.  

Shu tariqa, tailandliklar ochkolari sonini 3 taga etkazib olgan holda, "C" guruhi peshqadamiga aylanib oldi. 

Quyida ushbu o‘yindan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!