"Taklifni eshitib xursand bo‘ldim" - JCh ishtirokchisi Rustam Turdimurodov yangi jamoasi haqida

  • 24 fevral, 2024, 11:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning joriy yilgi transfer siyosati iqtidorli, kelajagi bor bo‘lgan o‘yinchilarni jalb etishga ham qaratilgan va selektsiyada ushbu jihatga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tecno

Bunga misol tariqasida Rustam Turdimurodovni tilga olish mumkin. O‘tgan yili Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida to‘p surgan hujumchi “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qolaversa, u o‘tgan yili Argentinada o‘tgan U20 jahon chempionatida ham terma jamoamiz sharafini himoya qildi. Bu esa uning iqtidoridan darak.

Hozirda 19 yoshda, bir necha oydan so‘ng 20 yoshni qarshilaydi. Tirishqoq va mehnatkash futbolchining faoliyatida endi yangi sahifa ochilmoqda. Turdimurodovni “Andijon”da o‘z so‘zini aytishiga ishonamiz. Futbolchi esa klub matbuot xizmatiga o‘zi va yangi maqsadlari haqida gapirdi.

- Rustam "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Avvalo, futbolga kirib kelishingiz qanday yuz bergan, kim sababchi bo‘lgan?

- Avvalambor, Andijon ahliga va jamoa muxlislariga Assalamu alaykum! Futbolga kirib kelishimga oilam, ko‘proq dadam sababchi bo‘lgan. Dadam professional futbolchi bo‘lishni istagan, lekin bu nasib qilmagan. Shuning uchun meni futbolchi bo‘lishimni istaganlar.

Rustam1_2

- Faoliyatingizning boshlanishi qanday yuz bergan?

- Birinchi murabbiyim (Rahmatli - Sarvar aka Sharipov, ukasi Sherzod aka Sharipov) yordamida “Paxtakor” akademiyasiga o‘tdim. U erda Olim aka Shokirov tarbiyasini oldim. Aynan Olim aka Shokirov yordamida “Paxtakor” U19, U21 va asosiy tarkibga chiqdim .

- "Andijon" jamoasiga ko‘chib o‘tdingiz. Bu taklifni ilk bor eshitganingizda qanday reaktsiya bildirdingiz?

- Reaktsiya ajoyib va ijobiy tarzda bo‘ldi. O‘zim ham taklifni eshitib, xursand bo‘ldim.

Rustam Turdimurodov4

- “Andijon”da o‘z oldingizga qanday maqsad qo‘ydingiz?

- Albatta, jamoamga yordam berish. Buning uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

- Hujumchi sifatida nechta gol urishni mo‘ljallayapsiz?

- Hali Superligada debyut golimni urmadim. Ammo “Andijon”da gollar urib muxlislarning qalbidan joy olmoqchiman. Xudo xohlasa, qancha imkonyat bo‘lsa, shundan foydalanib, ko‘proq gol urishga harakat qilaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!