Tanganing ikkinchi tomoni. Bu Shomurodov haqida
“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov premer-liganing birinchi qismida o‘zining hal qiluvchi gollari bilan muxlislarini xushnud etib kelayotgan edi.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan e’lon qilingan tanaffus hamyurtimizning jismoniy holatiga salbiy ta’sir qildi va u restartdan keyin gol ura olmayapti. Eldorning o‘yinini tahlil qilib borayotgan ekspertlar ham hujumchida pasayish davom etayotganini ta’kidlamoqda.
Eng qizig‘i, Eldor Shomurodov chempionatning ikkinchi qismida o‘zini boshqa tomondan ko‘rsata boshladi. U bugungi kunda Rossiya premer-ligasida fol ishlatish bo‘yicha etakchi. Eldor 27 ta uchrashuvda “Rostov” raqiblariga nisbatan jami 50 marotaba o‘yin qoidasini buzgan.
“Axmat” jamoasi yarim himoyachisi Ismael ham bu borada Shomurodovdan qolishmaydi. “Lokomotiv” vakili Rifat Jamoliddiinov hisobida 48 ta fol bor.
Fikrlar