Taniqli jurnalist "Barsa"ga Al’varesni olish yo‘lini o‘rgatdi

  • 13.06.2026 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" hujumchisi Xulian Al'varesning "Barselona"ga o‘tishi haqidagi xabarlar hanuz tingan yo‘q.

Ma'lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi allaqachon klub rahbariyatiga jamoani tark etish istagini bildirgan. Uning asosiy varianti sifatida aynan "Barselona"ni ko‘rayotgani aytilmoqda.

- Agar "Barselona" Al'vares uchun Grizmannga taklif qilinganidan ham ko‘proq – taxminan 120–150 million yevro atrofida mablag‘ taklif qilsa, "Atletiko" bu variantni jiddiy ko‘rib chiqadi, deb o‘ylayman. Xulianing Diego Simeone bilan munosabatlari unchalik yaxshi emas. Boshqacha gapirayotganlar ham bor, lekin mening ishonchli manbalarim bor va o‘z fikrimda qat'iy qolaman. Nazarimda, Al'varesning o‘zi jamoat oldiga chiqib, kelajak borasidagi rejalari haqida ochiq gapirishi kerak, – deya ta'kidlagan mashhur insayder Matteo Moretto.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Atletiko" 26 yoshli forvard bo‘yicha "Real" tomonidan kelib tushgan taklifni rad etgan edi. Madrid klubi futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilgani xabar qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!