
Tanqidlar tagida qolgan Ronaldu o‘ziga yangi jamoa tanlamoqda
A Seriyada so‘nggi uchta uchrashuvdan beri raqib darvozasini ishg‘ol qila olmayotgan Krishtianu Ronaldu jamoa muxlislari va jurnalistlar tomonidan keskin tanqid qilinayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Ayni paytda portugaliyalik hujumchi boshqa jamoaga o‘tib ketishni rejalashtirmoqda. Manbalarning xabar qilishicha, Ronaldu PSJ yoki “Manchester Yunayted” taklifini qabul qilish borasida bosh qotiryapti.
Bundan tashqari, joriy mavsumda chempionlik unvonini munosib himoya qila olmagan “Yuventus” hamon Chempionlar ligasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini kafolatlay olgani yo‘q. Shu omil ham orzusi “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirida g‘olib chiqish bo‘lgan yulduzning ketishiga ta’sir o‘tkazmoqda.
Ronaldu PSJ yoki MYuda Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqish imkoni ko‘proq ekanini yaxshi anglab turibdi.
Fikrlar