
Tanzila Narbaevaga maxsus sertifikat topshirildi
Xabar berganimizdek kecha Osiyo chempionati doirasida “International Hotel Tashkent” mexmonxonasida Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasining (ASS) Kongressi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Kongressda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi raisi Tanzila Narbaevaning yurtimizda ayollarni velosportga jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarniamalga oshirilganligi yuksak baholanib, Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI)hamdaOsiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) tomonidan maxsus sertifikat va velosportni ayollar o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot qilishda qo‘shgan xissasi uchun medali bilan taqdirlandi.
Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS)Osama Ahmad Abdulloh al-ShafarO‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasiga mazkur Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkillashtirilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Fikrlar