
Tarixiy musobaqaning eng yaxshi jangchisi va eng yaxshi jamoasi aniqlandi
Aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida O‘zbekisotn chempionati bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli janglarga boy bo‘lgan musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi. Unga ko‘ra, buxorolik Alimirzo Kenjaev eng yaxshi jangchi nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Eng yaxshi jamoa nominatsiyasiga Toshkent shahri jamoasi loyiq ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, 56.7 kg vazn toifasida janglarini o‘tkazgan Alimirzo Kenjaev finalda toshkentlik raqibi Behruz Isroilovni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Fikrlar