Tarixiy natija: "Paxtakor" mavsumni 20-marta g‘alaba bilan boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

"Sherlar" O‘zbekiston chempionatlarida 20-bor muvaffaqiyatli start olishdi.

"Paxtakor" milliy chempionatda 11 marta chempionlikka erishgan holda eng sovrindor klub hisoblanadi. 1992, 1993, 1996, 1997, 2001-2009, 2011-2014, 2016-2018 yillarda mavsumni yutuq bilan boshlagan "Paxtakor" shu yillar davomida 9 marta oltin medallarga ega chiqishgan.

2005 yil "Paxtakor" 1-turda ham "So‘g‘diyona"ga qarshi maydonga tushgandi. O‘shanda "sherlar" Toshkentda raqibni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Mavsum yakunida 6-marta O‘zbekiston chempionligi bayram qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni "Paxtakor" "So‘g‘diyona"ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!