Tarixiy natijani takrorlab, yarim finalgacha bora olamizmi? Ashurmatov o‘z fikrini bildirdi

  • 23 yanvar, 2024, 20:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi 3-turi doirasida Avstraliya va O‘ZBEKISTON terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

Dastlab, "yashil qit’a vakillari" Boylning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo 79-daqiqada Aziz Turg‘unboev baland sakrab, boshi bilan gol urdi va muvozanatni tiklab qo‘ydi. 

Bellashuvdan so‘ng termamiz himoyachisi Rustam Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

- O‘yin yaxshi bo‘ldi. To‘g‘ri, g‘alaba qozona olmadik, ammo mag‘lubiyatga ham uchramadik. Qo‘ldan kelgancha, harakat qilib, tarixiy golni urganimizdan xursandman. 

- Biz mazkur uchrashuvga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rdik va raqibni ertaroq kutib olish rejasini tuzdik. Rejamiz qisman ish berdi. Garchi, raqib ko‘p xavfli hujumlar yaratgan bo‘lsa ham, ularning soni kam edi. 50:50 penaltini inobatga olmasa, biz o‘z ishimizni to‘g‘ri bajardik. 

- Tarixiy natijani takrorlashga bugungi jamoaning potentsiali etadimi?

- Bugungi o‘yinni o‘zi bunga javob. Albatta, potentsialimiz etadi. Tarixiy golni urdik, endi tarix yaratish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!