Tartib-intizom qo‘mitasi Ro‘ziqul Berdievni jazoladi

  • 12 oktabr, 2023, 17:09
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

OKMK — “So‘g‘diyona”

Superliganing 21-turi doirasidagi OKMK — “So‘g‘diyona” uchrashuvi bo‘yicha OKMK futbol klubidan murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, mazkur uchrashuvning 67-daqiqasida OKMK futbolchisi S.Raxmonovga uchrashuv bosh hakami tomonidan berilgan ikkinchi sariq, qizil kartochka bo‘yicha vaziyat O‘zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi hamda OKMK futbol klubi murojaatiga asosan Espert hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan deb topilgan.

Sardor Raxmonovga ko‘rsatilgan ikkinchi sariq va qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan bekor qilindi.

“Nasaf” — “Neftchi”

Superliganing 21-turi doirasidagi “Nasaf” — “Neftchi” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev raqib jamoa a’zolariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgani va ularga nisbatan tajovuzkor harakatlar qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ro‘ziqul Berdievga ("Nasaf") nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga

“Mash’al” — “Lokomotiv”

Pro liganing 20-turi doirasidagi “Mash’al” — “Lokomotiv” uchrashuvining birinchi bo‘lim yakunlangandan so‘ng “Lokomotiv” futbolchisi O.Zoteev uchrashuv zaxira hakami sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Mazkur holat bo‘yicha “Lokomotiv” futbol klubi uchrashuv hakami tomonidan futbolchi O.Zoteevga berilgan qizil kartochka bo‘yicha oydinlik kiritishda amaliy yordam so‘ralgan.

Qo‘mita yig‘ilishida uchrashuv zaxira hakami F.Norsafarov va futbolchi O.Zoteevlarning ko‘rsatmalari tinglandi, shuningdek taklif etilgan mutaxassislarning xulosalariga muvofiq berilgan qizil kartochkani bekor qilish uchun etarlicha asoslar topilmadi.

Shuningdek, uchrashuvining 59-daqiqasida “Lokomotiv” klubi murabbiyi A.Miklyaev bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Andrey Miklyaevga (Lokomotiv) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javli Ruzimuradov
12/10/2023 17:32
Тартиб интизом кумитаси шундай карор чикаргани учун,чимпионликни тантана киламиз,Насаф олга!!!!
Javli Ruzimuradov
12/10/2023 17:27
Рузикул Бердиевга уйин протоколига ким томондан шикоят булгани ,тулик ёзилмаган.Яна бошланди Бердиев томонга кесак отиш
Шоим Зарипов
12/10/2023 18:11
Тартиб интизом кумитасига ким киритилган бу томи кетганлар Рузикулникига жуда куп осилдида Рузикулни шунча тажавузкорлигини ким курди ким эшитди хе кунталар.
&
Ulja Toliyev
12/10/2023 17:51
Рузиқулдан бошқа иши йуқми буларни
бек тв
12/10/2023 17:25
Онангни сикай бу тартиб интизом кумитасига яхшиям власть берилмаган бумаса рузикулни каматворарди сукала