“Tashkent Challenger”. Chili va belaruslik tennischilar juftlik bahslarida g‘olib chiqishdi (foto)

CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida “Tashkent Challenger” turnir davom etmoqda.

Tecno

Bugun mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslarida final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi bosqichda xindistonlik Yuki Bxamri/Divij Sharan dueti Xand Podlipnik-Kastilo(Chili)/Andrey Vasilevski(Belarus) dueti o‘zaro bahs yuritishdi.

1 soat 2 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Kastilo/Vasilevski  dueti 6:4, 6:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va “Tashkent Challenger”ning juftlik bahslari g‘olibiga aylanishdi.

Foto: Tennis.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!