
Tayson Fyuri Uaylder bilan jangni bekor qilmoqchi
Taniqlik sharhlovchi Den Rafael so‘zlariga ko‘ra, super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (27-0, 20 KO) ushbu vaznda WBC kamari sohibi Deontey Uaylder (40-0, 39 KO) bilan jang qilishni istamayotir.
– Bu jangda Uaylder favorit bo‘ladi. Fyuri ham imkoniyat bormi? Albatta, ammo so‘nggi vaqtlarda Fyurining endi buni rad qilayotganini eshitdim. Menga uning jamoasida a’zolardan biri bu haqda aytdi, – deya Rafaelning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.
Tayson Fyuri uch yillik tanaffusdan so‘ng 2018 yil iyunda faoliyatini qayta boshlagan edi. Bu jangda u Sefer Seferini mag‘lub qildi.
O‘tgan hafta esa u chempionlik kamariga sobiq da’vogar Franchesko Pyanetadan ishonchli tarzda ustun keldi. Shundan so‘ng britaniyalik bokschining promouteri keyingi jangni Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazishini ma’lum qilgan.
Fikrlar