Tayson Fyuri va Entoni Joshuа jangida kimning qo‘li baland keladi?
Britaniyalik bokschi Daniel Dyubua vatandoshlari — Tayson Fyuri va Entoni Joshuа oʻrtasida kutilgan tarixiy jang borasida oʻz fikrini bildirdi.
"Rostdan ham shu jang oʻtkazilishi va barcha savollarga nuqta qoʻyilishini istayman. Mazkur bahs haqida juda koʻp va juda uzoq gapirildi. Ikkisining ham ringda yuzma-yuz toʻqnashganini koʻrish ajoyib boʻladi, chunki ular Britaniya boksida haqiqiy afsonalar. Menimcha, gʻalaba Fyuri tomonida boʻladi", – dedi Dyubua.
Eslatib oʻtamiz, Tayson Fyuri va Entoni Joshuа qarama-qarshilik 11 dekabr kuni Uelsning Kardiff shahrida oʻtkaziladi.

Fikrlar