Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘zaro jang qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi

  • 19.06.2025 15:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasida sobiq chempionlar Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘zaro jang bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda "GB News" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bokschilar bahsni 2025 yil oxirigacha Buyuk Britaniya poytaxti - Londondagi afsonaviy “Uembli” stadionida o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor Fyuri 2024 yilning dekabrida ukrainalik Aleksandr Usikdan mag‘lub bo‘lgan, Joshua esa beshinchi raundda amaldagi IBF chempioni Daniel Dyubuadan nokautga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!