Tebas: Messi qatori Ronaldu, Klopp, Mourino va Gvardolani La ligada ko‘rmoqchiman

  • 27 noyabr, 2020, 15:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" forvardi Lionel Messining ketishi mavzusida fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Messi qatori Mourino, Gvadiola, Klopp va Ronalduni ham La Ligada ko‘rishni xohlayman.  Ular liganing rivojlanishiga ko‘mak beradi, biroq bu hayotiy zarurat emas. Ular odamlar o‘ylaganidek, biz uchun muhim figura emas. Bizga strategiya kerak, nomlar esa qo‘shimcha yordam bo‘lishi mumkin.

Keyingi 4 mavsum uchun sayyoraning deyarli barcha nuqtalari bilan aloqalar o‘rnatdik. Liga brendi ustida ko‘p ishlarni amalga oshirdik.

Leoga to‘xtaladigan bo‘lsam, u faoliyatini shu erda yakunlashini xohlayman",  - deydi Tebas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!