
Teddi Atlas Vladimir Klichko uchun ajoyib raqib topdi
Mashhur murabbiy Teddi Atlas boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning yana ringga qaytishi uchun raqib topdi.
“Ehtimol, Klichko bloger va bokschi Jeyk Polga qarshi jang o‘tkazishi kerakdir. To‘g‘ri, yosh jihatdan ular biroz farq qilsa-da, Vladimir hali ham ajoyib formada. U faoliyati davomida bir necha marta nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan, ammo kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan doimiy mag‘lubiyatlarga uchramagan. U hali ham po‘latdek mustahkam” - dedi Atlas.
Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol oxirgi jangida boks afsonasi Mayk Taysonni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.
Fikrlar