Temur Kapadze: Qatarda Pochettinodan tashqari yana ko‘plab mashhur insonlarni uchratish mumkin edi

  • 26 dekabr, 2019, 10:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga Temur Kapadze bosh murabbiy etib tayinlangan. Aytish mumkinki, Kapadze xizmat safari bilan Qatarda bo‘lib qaytdi. U bilan birga shuningdek, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Sever Jeparov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining mutaxassislari hamroxlik qilishdi. Qiziq, vakillarimiz u erga ayna nima maqsadda borishgan? Kapadze esa buning sababini ochiqladi.

Tecno

- Bizni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan yuborishdi va u erga delegatsiya bo‘lib bordik. Bilasiz, Qatardagi «Espayr» akademiyasi Osiyodagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. U erda ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgan, selektsiya tizimi qanaqa yo‘lga qo‘yilgan, qolaversa, akademiyani bitirgach, qaerga ketishyapti, biz ikir-chikirigacha mayda detallarigacha o‘rganib chiqyapmiz. Akademiyadagi sharoit va imkoniyatlarni ko‘rib, faqat havas qilish mumkin. Futbolni rivojlantirish uchun hamma narsa bor. Qolaversa, u erda yaxshi mutaxassislar ishlar ekan. Murabbiylar va skautlar bilan ham gaplashib, o‘z sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan gaplashdik. Chunki bu biz uchun qiziq edi. O‘zimiz uchun ko‘p yangiliklarni eshitdik.

Yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, Temur Kapadze va uning hamroxlari top-saviyadagi mutaxassis, yaqinda «Tottenxem» bosh murabbiyligini tark etgan Maurisio Pochettino bilan ham uchrashdilar. Terma jamoamiz ustozi esa ushbu uchrashuv qanday yuz berganiga oydinlik kiritdi.

- Maurisio Pochettino bilan uchrashuvimizga kelsak, FIFA hamda OFK tomonidan katta ziyofat uyushtirildi. U bilan o‘sha erda tanishib qoldik. Nafaqat Pochettino, balki taniqli bo‘lgan sobiq futbolchilar va yana mashhur murabbiylarni ham uchratish mumkin edi. Pochettino bilan biroz suhbatlashdik. Uning «Tottenxem»da olib borgan ishlarini bilardik. Unga o‘zimizni qiziqtirgan savollarimiz bilan murojaat qildik.

kapadze katar

Shuningdek, Qatarda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqaga ham qiziqish katta edi. Hamyurtlarimizning Qatar tashrifi davomida esa tabiiyki, ushbu nufuzli musobaqaning o‘yinlarini bevosita stadiondan kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, «Liverpul» ijrosidagi o‘yinlarni kuzatish maroqli bo‘lsa kerak.

- To‘g‘risi, «Liverpul» jamoasi bilan yaqindan tanishish imkoniyati bo‘lmadi. Hattoki, mashg‘ulotiga ham qo‘yishmaydi. Nafaqat bizda, balki boshqalarda ham bunday imkoniyat bo‘lmadi. Albatta, klublar o‘rtasidagi o‘yinlarni ham bevosita stadionda ko‘rib, tahlil qildik. «Al Sadd»ning 5-o‘rin uchun Tunis jamoasi bilan o‘tkazgan o‘yinini ko‘rdik. «Al Hilol» - «Flamengo» o‘rtasidagi uchrashuvni, shuningdek, «Liverpul»ning yarim final hamda finaldagi o‘yinlarini tomosha qildik. Bunday yuqori darajadagi bellashuvlarni stadiondan kuzatish esa biz uchun juda foydali. Chunki maydonda butun jamoaning harakati ko‘rinib turadi. Baribir televizorda tomosha qilganingizda o‘yinning umumiy kartinkasi ko‘rinmaydi. Masalan, hujum uyushtirilganida himoyachilar nima qilishayotgani, qaerda turishgani va yana shu kabi holatlarga e’tibor qaratdik. Tashkilotchilar bizga o‘yinlar uchun chiptalarni etkazib turishdi. Biz o‘yinlarni oddiy muxlis sifatida emas, balki mutaxassis tariqasida ko‘rib, o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqardik, - dedi Kapadze.

Shu o‘rinda Kapadze va uning do‘stlari klublar o‘rtasidagi finalni ham bevosita jonli ravishda tomosha qilishdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozining «Liverpul» hamda «Flamengo» o‘rtasidagi o‘yin haqidagi taassurotlari quyidagicha bo‘ldi:

- Finalga keladigan bo‘lsak, stadiondagi muhit juda yoqimli ko‘rinishda edi. Ayniqsa, u erda Braziliyadan kelgan muxlislar juda ko‘p edi. Balki Qatarning o‘zida ham braziliyaliklar ko‘proq bo‘lsa kerak. Stadionda deyarli 70 foiz braziliyalik muxlislar edi va ular tinmasdan «Flamengo»ni qo‘llab-quvvatlashdi. Ammo Angliyadan ishqibozlar u qadar ko‘p emasdi. Asosan boshqa yaqin arab davlatlaridan kelgan «Liverpul»ning muxlislarini aytish mumkin xolos. Albatta, uchrashuv qiziq o‘tdi. Garchi «Liverpul» yutgan bo‘lsa-da, lekin ularga qaraganda «Flamengo» yaxshiroq o‘ynadi. To‘pni nazorat qilish va xavfli vaziyatlarni yaratishda ham braziliyaliklar ustun edi. Negadir Klopp jamoasi o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi. Ammo «Liverpul» baribir «Liverpul»-da. Ularda tajribali o‘yinchilar ko‘pligi bois oxir-oqibat g‘alabani ta’minlay olishdi. Ayniqsa, individual mahorat qo‘l keldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
26/12/2019 13:16
Яхши ният килинлар
Абдусамат Жураев
26/12/2019 10:51
Селфи тушиб юравериначи мурабийлар качон ЖАХОН ЧЕМ чикаркинмиз
&
Сурхон К
26/12/2019 12:09
Каердаги учрашувларга боргандан кура пулни кетгизиб ундан кура узимизда яхшилаб ишлангларай. Нима киласилар уёкларда юриб. Улар силарга тажрибасини ургатмайди узларинг уйланглар уларни кандай енгишни. Капатзи сен уз устингда ишла сенда озгина бор.
Dilschodbek Akhrorov
26/12/2019 15:04
ey qoyil