Ten Xag Bruno Fernandeshning holatini ma’lum qildi

  • 26.04.2023 18:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan jamoadagi kadrlar masalasi haqida gapirdi.

"Ba’zi futbolchilar jarohatda va bu o‘yinda jamoaga yordam bera olmaydi. Bu Lisandro Martines, Rafael Varan. Bruno Fernandeshga kelsak, u hozircha maydonga tushadigan holatda emas. "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvgacha qaytishi ham mumkin. Hozircha u shubhada”, dedi Ten Xag matbuot anjumanida.

Portugalilik yarim himoyachi Angliya kubogi yarim finali, "Brayton"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. "qizil iblislar" raqibni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Bu bosqichda  “Manchester Siti” bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!