Ten Xag: Endi jamoada asosiy hujumchi Ronaldu emas!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa hujumida Krishtianu Ronalduga tayanib qolmoqchi emas.
Portugaliyalik yulduz mavsumoldi yig‘inini o‘tkazib yuborgani uchun o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olmayapti. 37 yoshli futbolchi yangi mavsumda gollar hisobini ocha olgani yo‘q.
Manbalarning ta’kidlashicha, niderlandiyalik mutaxassis jamoa hujumining yangi etakchisi sifatida Markus Reshfordni tanladi. 24 yoshli futbolchi hozircha oltita o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va ikkita assist rasmiylashtirdi.
“Manchester Yunayted” navbatdagi uchrashuvini 15 sentyabr kuni Evropa ligasi doirasida “Sherif”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar