Ten Xag: MYu sifatida biz xursand emasmiz

Erik ten Xag, "Manchester Yunayted" Premer-liga jadvalidagi hozirgi o‘rnidan qoniqish hosil qilmayapti. 

"Albatta, biz ligadagi 6-o‘rindan ko‘nglimiz to‘lmayapti. MYu sifatida biz bundan xursand emasmiz va hammasini o‘zgartirishimiz kerak. 

Yanvar oyidan buyon ijobiy natijalar kuzatildi. Biz juda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik va jamoa sifatida o‘sdik. Biroq hamon mukammal emasmiz", - dedi mankunialiklar ustozi. 

Qayd etish lozim, "qizil iblislar" 26-tur doirasida "Fulxem"ga mag‘lub bo‘ldi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!