Ten Xag MYuga uchta futbolchi tanladi

  • 26 aprel, 2022, 21:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bilan hamkorlikni rasmiylashtirgan niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xag yozda yangi jamoasiga olinadigan uch nafar futbolchining nomini e’lon qildi.

Klub rahbariyati unga transferlar uchun 180 million evro ajratadi. Ten Xag bu summaga “Benfika” to‘purari Darvin Nunes, “Ayaks” himoyachisi Yurrien Timber va “Vilyarreal” vakili Pau Torresni transfer qilishni istamoqda.

Ten Xag manchesterliklarning hozirgi tarkibidan Erik Bayi, Fil Jons, Antoni Marsyal, Aleks Telles va Aaron Van-Bissakaning xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Niderlandiyalik mutaxassis manchesterliklar bilan 2025 yilning yozigacha hamkorlik qiladi. Agar ishlar yaxshi ko‘rinish olsa, tomonlarda hamkorlikni uzaytirish imkoniyati ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!