
Ten Xag: "Pley-off bosqichida "Barsa"ni turnirdan chiqarib yuborish - katta voqelik"
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvida maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida MYu bosh murabbiyi Erik ten Xag quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Ayni paytda Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblangan "Barselona"ni mag‘lub etsangiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch ortadi va endi siz uchun engilmas raqib qolmaganini his etasiz.
"Barselona" La Ligada "Real"ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. Superkubokda ham kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgandi. Biz mana shunday kuchli klubni mag‘lub etdik".
- Bu "Manchester Yunayted"dagi eng yaxshi g‘alabangizmi?
"Menimcha, ha. Biz avval "Liverpul", "Arsenal" kabi jamoalarni mag‘lub etganmiz. Ular liga doirasida edi, ammo pley-off bosqichida "Barsa"ni turnirdan chiqarib yuborish - katta voqelik.
Bizda kuchli xarakterga ega bir nechta futbolchi bor. Ular g‘alaba qozonishga odatlangan. Barchamiz jamoaga ishonamiz va uning manfaati uchun kurashamiz",-dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar