Ten Xag Ronalduga bosh egmaydi!

  • 24.04.2022 22:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligini qabul qilgan niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag Angliya futbolida nom qozongan mashhur futbolchilar bilan ishlash o‘zi uchun muammo bo‘lmasligini ta’kidladi.

Xususan, bu murabbiy Krishtianu Ronalduning mashhurligi unga umuman bosim o‘tkazmaligini uqtirdi.

- Men doim o‘zligimni qaqlab qolaman va o‘z qarashlarimni hech qachon o‘zgartirmayman. Men futbolchi kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning vazifasini tushuntirib beraman. Agar kim vazifasini bajarmasan munosabatimni shaxsan o‘zimdan eshitadi, - dedi Erik ten Xag.

Erik ten Xag oldiga “Manchester Yunayted”ni sovrinlar uchun kurashadigan qudratli jamoa darajasiga qaytarish vazifasi yuklatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!