Ronaldu, aytganimni qilsang, o‘ynaysan!
“Manchester Yunayted”ga yangi tayinlangan Erik ten Xag jurnalistlarning Krishtianu Ronaldu borasidagi savoliga javob berib, unga qanday munosabatda bo‘lishini ochiq aytdi.
Niderlandiyalik mutaxassis Ronaldu jamoaning asosiy to‘purari bo‘lishiga qaramay, uning rejalarida portugaliyalik hujumchiga joy yo‘q ekanini ma’lum qildi. Biroq, Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy tomonidan oldiga qo‘yilgan talablarni og‘ishmay bajaradigan bo‘lsa, ten Xag unga imkoniyat berishga tayyor.
Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar chiqa boshlagan paytda qit’aning grand klublarida ishlash tajribasiga ega bo‘lmagan bu mutaxassis yulduz darajasidagi futbolchilarni bo‘ysindirishi qiyin bo‘lishi aytilgan.
Biroq, Erik ten Xag bilan yaqindan tanish bo‘lgan ayrim mutaxassislar uning har qanday futbolchini o‘z yo‘rig‘iga yurgazishga qodirligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar