
Ten Xag Zabittser transferidan mamnun
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Marsel Zabittserning transferi haqida fikr bildirdi. 28 yoshli avstriyalik futbolchi "qizil iblislar"safiga "Bavariya"dan ijara asosida kelib qo‘shildi.
"Biz Zabittserning transferidan juda mamnunmiz. Avvalroq, Donni van de Bekni yo‘qotgan edik, endi esa Kristian Eriksen ham uzoq muddatga safdan chiqdi.
Qo‘shimchasiga Maktominey ham bir muddat maydonga tusha olmaydi", - dedi ten Xag matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, avstriyalik yarim himoyachi "Bavariya"da Leon Goretskaning asosiy o‘rinbosari edi. U Nagelsmann jamoasiga bor-yo‘g‘i bir yarim yil oldin o‘tgan edi.
Fikrlar