
Teofimo Lopecning navbatdagi jangi uchun buyruq berildi. Raqib ham aniq
Professional boksning engil vazn toifasida (61 kg) WBC Franchise, WBA Super, WBO va IBF chempioni Teofimo Lopec o‘zining navbatdagi jangini IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Jorj Kombobosga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda. IBF tashkiloti jangga rasman buyruq berdi.
Shuningdek, Bob Arum ushbu jangni Kombobosning vatani Avstraliyada muxlislar bilan o‘tkazishga ishtiyoqmand ekanligini ham aytib o‘tgan.
23 yoshli Teofimo Lopes ( 16-0, 12 KO) 17 oktyabr kuni Vasiliy Lomachenkoni mag‘lub etib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Ayni o‘sha kuni Kombobos ( 19-0, 10 KO) ham Londonda Li Selbini eliminator jangida mag‘lub etgan va majburiy da’vogarga aylangandi.
Fikrlar