
Ter Shtegenning benefisiga aylanib ketgan o‘yinda "Barselona" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
La Liganing 25-turida "Barselona" "Atletik" Bilbaoga qarshi uynadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona gol muallifi - Rafinya. Vinger 45-daqiqada hisobni ochdi. Ammo jamoaning g‘alabasida Ter Shtegenning hissasi katta bo‘ldi. Darvozabon ko‘plab vaziyatlarda kataloniyaliklarni goldan saqlab qoldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shu tariqa, "Barsa" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnirdagi peshqadamlikni mustahkamlab qo‘ydi.
Fikrlar