
Terens Krouford va Kell Bruk o‘rtasidagi jang muddatidan avval yakunlandi (Video)
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempioni Terens Krouford (37-0, 28 KO) navbatdagi jangini o‘tkazdi. Unga yana bir ajoyib charmqo‘lqop ustasi Kell Bruk (39-3,27 KO) raqiblik qildi. Jang muddatidan avval yakunlandi. Ya’ni, to‘rtinchi raund o‘tib borayotgan bir pallada texnik nokaut bilan Krouford g‘alabaga erishdi.
Bu uning faoliyatidagi 37-g‘alabasi bo‘ldi. Shu tariqa u mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda. Kell Bruk esa, uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar