Teysheyra milliy terma jamoada o‘ynash uchun Xitoy fuqaroligini oladi

  • 6 iyun, 2019, 14:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shaxtyor" klubining sobiq futbolchisi Aleks Teysheyra tez orada Xitoy fuqaroligini oladi va terma jamoa uchun o‘ynaydi. Legionerlarni mahalliylashtirish Marchello Lippining yangi shartnomasidagi asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.

Aleks Teysheyra Osiyodagi faoliyatigacha "Vasko da Gama" va "Shaxtyor" uchun o‘ynagan. 2016 yilda u Xitoyga 50 million evroga sotilgan.

Londonning "Arsenal" klubi tarbiyalanuvchisi Niko Ennaris allaqachon Xitoy fuqaroligini oldi. Lippi allaqachon sobiq inglizni Xitoy terma jamoasining lageriga Filippin (7 iyun) va Tojikiston (11 iyun) jamoalariga qarshi uchrashuvlarga chaqirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!