
Tezkor! FIFA terma jamoalardan birini jahon chempionatidan chetlatadigan bo‘lyapti
Xalqaro futbol federatsiyasi Tunis milliy terma jamoasini 2022 yilgi jahon chempionatidan chetlatishi mumkin, dab xabar tarqatdi VVS.
Manbaning ta’kidlashicha, bunga Tunis hukumatining futbol ishlariga aralashayotgani sabab bo‘lgan.
Yaqinda Tunis yoshlar va sport vaziri Komil Degish futbol federatsiyasi tarqatib yuborilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
FIFA hukumat vakilining bayonotini mamlakat futbol federatsiyasi faoliyatiga aralashish sifatida baholagan.
Tunis Qatarda bo‘ladigan mundialda Daniya, Avstraliya va Frantsiya bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar