Tezkor! Mbappe birinchi dushmanini PSJdan haydatdi

  • 22 may, 2022, 18:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati klub sport direktori Leonardoni iste’foga chiqardi, deb xabar bermoqda nufuzli L'Equipe nashri.

Tecno

Braziliyalik mutaxassis 2019 yildan beri poytaxt klubida ishlab kelayotgan edi.Uning PSJ uchun qilgan ekan katta ishi Neymarni jamoada qolishga ko‘ndirgani bo‘lgan. Biroq, Mauro Ikardi uchun 65 million evro sarflangani va jamoaga kerak bo‘lmay qolgan Yulian Draksler, Leyven Kurzava va Tilo Kerrerni sota olmagani uning kamchiligi sifatida e’tirof etiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ bilan yangi bitim tuzgan Kilian Mbappening talablaridan biri aynan Leonardoni klubdan ketkazish bo‘lgan.

Avvalroq, PSJning qatarlik xo‘jayinlari Mbappega loyiha doirasida muhim qarorlar qabul qilish vakolatini bergani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi. Bu haqiqatga o‘xshayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!