
Tezkor! Messi jarohat oldi
11 oktyabr sanasida Argentina terma jamoasini jahon chempionati saralash bosqichi doirasida o‘z maydonida Urugvayga qarshi o‘yin kutib turibdi.
Bu o‘yinda mezbonlar etakchisi va sardori Lionel Messining ishtirok etishi so‘roq ostida. "TNT Sports" xabariga ko‘ra, Leo chap tizzasida noqulaylik his qilmoqda. Uning ahvoli haqida to‘liq ma’lumot yakshanba kuni berilishi kutilmoqda.
Bu mavsumda PSJ hujumchisi barcha turnirlarda 8 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar