
Tezkor! Otabek Shukurov Osiyo kubogi oldidan jamoasiz qoldi
Turkiyaning "Fotih Karagyumryuk" jamoasi legionerimiz Otabek Shukurov bilan kelishuvni bekor qildi. Bu haqda Turkiya klubi o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali ma’lum qildi.
"O‘yinchilarimizdan biri Otabek Shukurov bilan muzokaralar natijasida shartnoma bekor qilindi.
Shukurovga bugunga qadar klubimizga qilgan yordami uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning keyingi futbolchilik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deya yozdi turk klubi o‘z tvitter sahifasida.
Otabek Shukurov joriy mavsum Turkiya Superligasi doirasida 15 uchrashuvda maydonga tushib, atigi 555 daqiqa harakat qilgan va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ygandi.
Fikrlar