Tezkor: Shomurodov “Kalyari”dan ketmoqchi. Eldor yangi jamoa tanlab bo‘ldi!

  • 1 fevral, 2024, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum boshlanishidan avval “Roma”dan “Kalyari”ga ijaraga berilgan Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasi yopilishi arafasida Sardiniyani tark etishi kutilmoqda.

28 yoshli forvardning o‘zi dekabrda olgan jarohatidan qutilishga juda yaqin turibdi. Eldor mashg‘ulotda o‘ng oyoq barmog‘ini sindirib olib, tezroq tuzalish uchun operatsiya qilingan edi.

51299241-1

Shomurodovning o‘zi operatsiyadan keyin tezroq safga qaytib O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etishni rejalashtirgan bo‘lsa-da, shifokorlar bu turdagi jarohatdan tiklanish ikki oy atrofida vaqt olishini va o‘zbek hujumchisi fevral oyi boshida safga qaytishini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga Eldor Shomurodov faoliyatini qaerda davom ettirish masalasini ham hal qilish kerak. Hamyurtimiz jarohat olganidan keyin “Kalyari” uni muddatidan oldin “Roma”ga qaytarish harakatiga tushib qolgandi.

Bir necha manbalar, xususan, La Nuova Sardegna, Sky Sport, tuttomercatoweb.com, cagliarinews24.com kabi gazeta va saytlar Sardiniya klubi sport direktori Bonato o‘zbek legioneridan qutilmoqchi ekani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Qolaversa, bir necha manbalar Eldor Shomurodovga A Seriyaning o‘zidan variantlar chiqayotgani yozdi.

Xususan, euro-football.ru sayti o‘z manbalari orqali Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.

- “Kalyari” hujumchisi Eldor Shomurodov tez orada Italiyaning A Seriyasidagi boshqa jamoada paydo bo‘lishi kutilmoqda. Hozirgi klubi o‘zbek futbolchisini “Roma”dan ijaraga olgan.

Hujumchining o‘zi o‘yin amaliyoti kamligidan norozi va klubini o‘zgartirmoqchi. Manbalarimizning eksklyuziv ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 28 yoshli Shomurodovga “Salernitana”, “Empoli” va 2020 yili o‘zi ko‘chib o‘tgan Italiyadagi birinchi jamoasi – “Jenoa”dan qiziqish bo‘lmoqda.

Shuningdek, Turkiyaning nomi sir tutilayotgan bir necha klublari ham hujumchining xizmatlariga qiziqyapti.

Manbalarga ko‘ra, Shomurodovning o‘zi va atrofidagilar “Salernitana” variantini ma’qul ko‘rmoqda. Bu jamoa A Seriyada 20-pog‘onani egallab turibdi va Eldor bu jamoada muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi, - deb yozmoqda euro-football.ru sayti.

Eldor Shomurodov A Seriyadagi faoliyati davomida “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya” kabi jamoalar sharafini himoya qilib, ularning barida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishni uddalagan. “Kalyari”da esa, mavsumning birinchi qichmida A Seriya va Italiya kubogida jami 13 ta uchrashuvda qatnashib, atigi ikkita assist qayd etdi. Aksariyat hollarda tajribali hujumchi zaxiradan maydonga tushirilmoqda.

cagliari-s-eldor-shomurodov--r--and-udinese-s-nehuen-perez--l--in-action-during-the-italian-serie-a-soccer-match-cagliari-calcio-vs-udinese-calcio--efe

Italiyada qishki transferlar bozori 1 fevral kuni kechqurun yopiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
01/02/2024 20:10
Salarnatedayam o‘ynomiy pahtakorga qaytadi. Bu bola italyada ko‘zga chiqqan suyal bo‘lda. Rossiyadan obkegan jenoani hamma so‘kyabi.
Abdulla Safarov
01/02/2024 13:13
Резинка килдиларинку битта хабари сарлавхасини узгартириб
&
Arslan
31/01/2024 19:19
Элдор уйинини янада кучайтирилиши лозим ....
&
Liverpool-Afzal
31/01/2024 17:59
Кийин масала 1 кун коптику, Элдорни агентлари бунака тез ишломиди