Tezkor xabar! "Navbahor" Namanganda Frantsiyaning "Lion" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 04.05.2019 19:05
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, bugun Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda viloyat hokimi. viloyat futboli rahbari Hayrulla Bozorov tomoshabinlarni Namangandagi ilk o‘yin bilan tabriklar ekan quyidagi fikrlarni ham bildirib o‘tdi. Bu haqda jarayonni Namangandan yoritib borayotgan SPORTS.uz sayti xodimlari ma’lum qilishdi.

- Barchani viloyatimizdagi ilk uchrashuv bilan tabriklayman. Ushbu stadion qaytadan FIFA talablari asosida ta’mirdan chiqarildi. O‘yingoh yonida jamoa mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun 6200 o‘ringa mo‘ljallangan maydonni ham bugun foydalanishga topshirdik.

Frantsiyaning "Lion" klubi bilan o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishildi. Qolaversa, "Lion" klubi bilan Namanganda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi, - dedi Hayrulla Bozorov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
04/05/2019 20:39
Ишкилиб Лион клуби Лион шахридан булсин-да
Ronaldo Junior
04/05/2019 21:30
U-18 jamoasi bo`lsa kerak))