
Tezkor xabar! Neymar Amerika kubogini o‘tkazib yuborishi mumkin
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Amerika kubogi-2019 musobaqasini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, PSJ futbolchisi o‘ziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha qo‘yilayotgan ayblovlar natijasida og‘ir ruhiy holatga tushib qolgan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan ham u o‘z vatanida o‘tadigan turnirda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.
“Neymar bizgna turnirda ishtirok etolmasligini so‘rab murojaat qilishi mumkin. Aftidan u hozir o‘ynash uchun ruhayn etarli darajada tayyor emas. Shuningdek, jurnalistlarning savollariga javob berish uchun ham”, - deydi Braziliya futbol konfederatsiyasi vitse-prezidenti Frantsisko Novelitto.
Eslatib o‘tamiz, Amerika kubogi 14 iyunda start oladi. Braziliya terma jamoasi esa guruhda Boliviya Peru va Venesuelaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar